Muayyan sertifikatlash sxemalari bir hil mahsulotlarni sertifikatlashning tegishli qoidalarida va bir hil mahsulotlarga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan boshqa qoidalarda belgilanadi. Bunday holda, tekshiruvlar hajmi tufayli sxemaning murakkabligi ushbu mahsulotning xavf darajasiga bog‘liq.
Sertifikatlashtirish sxemasi har bir alohida holatda sertifikatlashtirish organi tomonidan talabnoma beruvchining takliflari, etkazib berish hajmi va muddati, sinov usullari, ishlab chiqarish xususiyatlari va uning barqarorligini buzish xavfi, shuningdek ushbu mahsulotning iste‘molchilar uchun potentsial xavfini hisobga olgan holda tanlanadi.
Seiyali ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;
Ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud bo‘lgan turkum ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;
Mahsulotlar to‘pi uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamg‘alanishini ta’minlaydi. Mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar mazkur sxema orqali sertifikatlashtirilishi mumkin. Bunda sertifikatlashtirilayotgan mahsulotning tanlab olingan namunalariga va ularni sertifikatlashtirish organiga yetkazib berishga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi;
Yagona (bitta) buyum uchun, texnik reglamentda belgilangan sinov va o‘lchashlarni o‘tkazish jarayonida ushbu buyumga putur yetkazilmasa qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
Tayyor mahsulotning sinov va o‘lchashlarda texnik reglament talablariga muvofiqligini to‘liq tasdiqlash imkoni mavjud bo‘lmagan turkum ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;
Tayyor mahsulotning sinov va o‘lchashlarida texnik reglament talablariga muvofiqligini to‘liq tasdiqlash imkoni mavjud bo‘lmaganda hamda ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud bo‘lgan turkum ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;
Seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar uchun mahsulot modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan hollarda qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;
seriyali ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulot modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan va ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud bo‘lgan turkum ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;
Respublika hududidagi korxonalarni jihozlash uchun mo‘ljallangan yagona (bitta) buyumlarga qo‘llaniladi. Mazkur sxema bo‘yicha sertifikatlashtirish texnik hujjatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi.
mahsulot turini sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni majburiy ko‘rsatkichlari birinchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha SLda sinashni nazarda tutadi. Mazkur chizma mahsulotga aniq standart mavjud bo‘lmagan taqdirda ham qo‘llaniladi.
mahsulot turini sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni majburiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha SLda sinashni nazarda tutadi. Mazkur chizma savdo nuqtalaridan (iste’molchidan) olingan namunalarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni inspeksiya nazoratidan o‘tkazishni nazarda tutadi.
ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni SLda sinashni va ishlab chiqarishni baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada ishlab chiqaruvchidan olingan mahsulotlarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan korxonada inspeksiya nazoratini o‘tkazish nazarda tutilgan.
ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni SLda sinashni va ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada savdo nuqtasidan (iste’molchidan) va ishlab chiqarishdan olingan namunalarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni inspeksiya nazoratidan o‘tkazish nazarda tutilgan.
ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni SLda sinashni va ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni yoki sifat tizimini baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada mahsulotni sinovlardan o‘tkazish va ishlab chiqarishni tekshirish (yoki sifat tizimini baholash) yo‘li bilan inspeksiya nazoratini o‘tkazish nazarda tutilgan.
sifat tizimini sertifikatlishtirishda qo‘llaniladi va uni baholashni hamda keyinchalik inspeksiya nazoratini o‘tkazishni nazarda tutadi.
mahsulot to‘pining sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni SLda sinashni nazarda tutadi.
har bir mahsulotni (buyum) sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi.